Klinikaning xalqaro hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda

Joriy yilning 26-29 aprel kunlari Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligidagi tashrif doirasida Bolalar jarrohligi yo‘nalishi bo‘yicha “Bolalar xirurgiyasida zamonaviy texnologiyalari” mavzusida xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda TTA Urganch filiali klinikasida amaliy mahorat darslari o‘tkazildi.
Bunda:
1. Kristian Kruppa – Germaniya Federal Respublikasi, Drezden shahridagi Karl Gustav Universiteti klinikasi professori, bolalar jarrohi; 
2. Karola Xyors - Germaniya Federal Respublikasi, Drezden shahridagi Karl Gustav Universiteti klinikasi mutaxassis, bolalar jarrohi;
3. Monika Pleul - Germaniya Federal Respublikasi, Drezden shahridagi Karl Gustav Universiteti klinikasi sertifikatlangan mutaxassis bolalar jarrohi, shoshilinch bolalar xirurgiyasi va himoya xizmati rahbari;
4. Sharipov Aslamxon Maxmudovich – Tojikiston Respublikasi Abu Ali Ibn Sino nomidagi Dushanbe davlat tibbiyot universiteti Bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri, t.f.d., professor; 
5. Ergashev Baxtiyor Berdaliyevich – Respublika neonatal xirurgiya o‘quv davolash metodik markazi rahbari, t.f.d., professor lar ishtirok etishdi. Ular klinikaning tegishli soha mutaxassislari bilan birgalikda Viloyatimiz yosh avlodi vakillariga bepul tarzda yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlarini o'tkazishdi.
1-05-2025, 15:02
Ko'rishlar: 554
Sahifani chop etish