"12-may xalqaro hamshiralar kuni" munosabati bilan TTA Urganch filiali klinikasida bayram tadbiri o'tkazildi. Klinika ma'muriyati tomonidan klinikada samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh hamshiralarga Viloyat SSB boshlig'ining faxriy yorlig'i va klinika kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi.