2025 yil 27 iyun kuni klinikaning majlislar zalida bolalar bo‘limi mudirasi, t.f.n., dotsent Munavvara Rashidovna Alimuxamedovaning nafaqaga chiqishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni klinika bosh shifokori S.R.Ismoilov ochib berdi. Tadbirda TTA Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev ham ishtirok etdi.