"Klinikada yana bitta yosh olim"

Klinikamizning yana bir iqtidorli shifokori, lor vrachimiz Bobojonov To‘lqin Jumanazarovic Buxoro Davlat Tibbiyot institutida PhD dissertatsiya ishini 100 foiz ijobiy ovoz bilan himoya qildi! Jamoamizda yana bitta yosh olim paydo bo‘ldi! Bu nafaqat To‘lqin Jumanazarovichning, butun klinikamizning ham katta yutug‘i hisoblanadi! Butun jamoamiz nomidan To‘lqin Jumanazarovichni tabriklaymiz! Keyingi ishlarga omadlar yor bo‘lishini tilab qolamiz! Sog‘ bo‘ling!
19-08-2025, 22:17
Ko'rishlar: 21
Sahifani chop etish