2025-yil 15-16-17-18-sentabr kuni Turkiya Respublikasining taniqli otorinolaringolog olimi, Pamukkale universiteti professori Ahmet Kutluhan xizmat safari doirasida Urganch shahriga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida professor filial klinikasida bemorlarni qabul qilish, diagnostika va davolash jarayonlarini olib borish, shuningdek, eshitish bo‘yicha tug‘ma nuqsonlari mavjud bo‘lgan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish va plastik jarrohlik amaliyotlarini olib bordi. Bir qator bemorlarda turli xil jarrohlik amaliyotlari o'tkazildi.
16- va 17-sentabr kunlari professor Ahmet Kutluhan boshchiligida quloq, burun va tomoq kasalliklari bo‘yicha 15 dan ortiq master-klass operatsiyalari o‘tkazildi. Operatsiya jarayonlarini talabalar, klinik ordinatorlar, magistrlar va vrachlar bevosita kuzatib borishdi.
