"Turkiyalik hamkorlar klinikada"

26 sentabr kuni Egey universiteti Oliy hamshiralik ishi fakulteti dekani, t.f.d., professor Ayşegul Donmez turk-o’zbek hamkorlikligi doirasida TTA UF klinikasiga tashrif buyurdilar. U erda klinikamiz bosh vrachi, professor S.R.Ismoilov tomonidan iliq kutib olindilar. Klinikadagi bemorlar uchun yaratilgan shart sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar, bemorlar bilan suhbatlashdilar va maslahatlarini berdilar. Shu bilan birgalikda klinikada tahsil olayotgan oliy hamshiralik ishi ta'lim yo'nalishi talabalari bilan amaliy mashg’ulotlarda qatnashdilar, o'zlari Master class sifatida amaliy mashg'ulot o'tib berdilar!




29-09-2025, 09:46
Ko'rishlar: 35
Sahifani chop etish