S.R.Ismoilovga tabrik
2026-yil 23-fevral kuni Urganch davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ismoilov Soloy Ruzmamatovich tavalludining 60 yilligi munosabati bilan ularga butun jamoamiz nomidan uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt-saodat tilaymiz. Mazkur klinikani tashkil qilishda va bugungi kunga qadar uning ravnaqi uchun qilgan mashaqqatli mehnatlarining o‘zi alohida tahsinga loyiq. Ularning uzoq yillik halol va samarali hamda kamtarona mehnatlari, shogirdlar tayyorlashdagi beqiyos xizmatlari, bemorlar dardiga malham bo‘lib kelayotgan sharafli faoliyati yuksak tahsinga sazovordir.
Shu munosabat bilan klinika ma’muriyati hamda kasaba uyushma qo‘mitasi birgalikda Soloy Ruzmamatovichga esdalik sovg‘alar topshirishdi.
