Besh tashabbus olimpiadasi

2026-yil 14-aprel kuni “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi xodimlar o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kubogi uchun musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Sport musobaqalari shaxmat, shashka, stol tennisi, mini futbol, voleybol turlari bo‘yicha o‘tkazildi.
Shaxmat bo‘yicha klinikaning laborant vrachi Bobojonova Nafisa Omonboyevna faxrli 1-o‘rinni egalladi. G‘olib va sovrindorlar munosib ravishda diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



15-04-2026, 10:41
Ko'rishlar: 111
Sahifani chop etish