Xotira bor ekan — qadriyat barhayot
Mazkur sanaga bag‘ishlangan tadbir doirasida Respublika Kengashi tomonidan yuborilgan qadrnoma va esdalik sovg‘alari klinika bosh shifokori, 42 yillik mehnat tajribasiga ega professor S. R. Ismoilovga tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, “Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi” shiori ostida o‘tkazilgan mehr-muruvvat aksiyasi doirasida oramizdan erta ko‘z yumgan xodimlarimiz — Axmedov Furqat, Eshchanov Otabek va Vaisova Hilola xotirasi yod etildi hamda ularning oila a’zolari holidan xabar olindi.
Ushbu xayrli tashabbus jamiyatda inson qadrini ulug‘lash, kattalarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Faxriylarning farzandlari va yaqinlari ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun samimiy minnatdorlik bildirib, ezgu duolarini izhor etdilar.
Xotira bor ekan — qadriyat barhayot!



