“KLINIKADA BAYRAM SHUKUHI”

“KLINIKADA BAYRAM SHUKUHI”

27-dekabr kuni Urganch davlat tibbiyot instituti klinikasining Bolalar bo‘limida davolanayotgan 25 nafar bemor bolaga klinika ma’muriyati tomonidan bayram munosabati bilan sovg‘alar topshirildi. Mazkur tadbir davolanish jarayonida bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga bayramona kayfiyat bag‘ishlash hamda ijtimoiy mas’uliyat doirasida amalga oshirildi. Tashabbus tadbir ishtirokchilari tomonidan ijobiy ruhda qabul qilindi.
31-12-2025, 12:37
Sahifaga qaytish